Isroilning «Mossad» razvedka xizmati 17 sentabr kuni peyjyer portlaşlaridan bir neça oy oldin Livandagi «Hizbulloh» harakati tomonidan buyurtma qilingan Tayvanda işlab çiqarilgan 5000 peyjyerga oz miqdorda portlovçi moddalar örnatgan. Bu haqda Reuters 18 sentabr, çorşanba kuni Livan xavfsizlik xizmatidagi yuqori martabali manba va boşqa suhbatdoşiga tayanib xabar berdi.

Harakat Tayvanning Gold Apollo kompaniyasiga peyjyerlarga buyurtma berdi. Bir qança manbalarga köra, uskuna Livanga bahorda olib kelingan.

Naşr suhbatdoşining iddao qilişiça, qurilmalar Isroil razvedka xizmati tomonidan «işlab çiqariş bosqiçida» özgartirilgan.

Reuters xabaridagi tafsilotlar amerikalik va boşqa bir qança rasmiylarga tayangan The New York Times ma’lumotlariga töğri keladi.

Sky News Arabia: Portlovçi moddalar akkumulyatorlar qizigandan keyin portladi

Sky News Arabia manbalariga köra, peyjyerlarda detonator qopqoqlarini jihozlaş uçun işlatiladigan azot kislotasi efirini öz içiga olgan portlovçi modda hisoblanuvçi pentaeritrittetranitrat bölgan. Portlaş «Mossad» akkumulyatorlarning haroratini oşirganda sodir bölgan.

Axios ma’lumotlariga köra, Isroil AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini operatsiya haqida oldindan xabardor qilmagan.

U hafta boşida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, uning vazirlar mahkamasi yuqori martabali a’zolari va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari iştirokidagi xavfsizlik böyiça yiğilişlar çoğida ma’qullandi, dedi vaziyatdan xabardor manba.

Isroil Mudofaa vazirligi rahbarining AQŞ prezidenti yordamçisi örinbosari bilan uçraşuvi

Isroil Mudofaa vazirligining 16 sentabr kuni xabar berişiça, idora rahbari Yoav Galant AQŞ prezidenti yordamçisi örinbosari va Davlat departamentining energiya xavfsizligi böyiça katta maslahatçisi Eymos Xokstin bilan uçraşdi. Uning yakunlari böyiça Galant Livan bilan çegarada deyarli har kuni röy berayotgan töqnaşuvlar tufayli diplomatik kelişuv ehtimoli kamayib borayotganini aytgan.

Isroil hozirça portlaşlar bilan boğliq vaziyatga izoh bermadi.

Portlaş oqibatida töqqiz kişi, jumladan, sakkiz yoşli qiz halok bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, 2750 ga yaqin kişi jarohat olgan.