Kun.uz'ga Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, Farğona şahri va Farğona viloyati Quvasoy şahrida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar murojaat qilib, quyoş panellarini örnatişga majburlanayotganini bildirdi.

Avvalroq bunday holat boşqa bir neçta hududlarda ham kuzatilayotgani ma’lum bölgandi.

“11 sentabr kuni Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi tadbirkorlarga elektrosetdan ogohlantiriş xati berib ketişdi. 10 kun muddat içida quyoş paneli qöymasak, [tokdan] uzib ketişar ekan, lekin yil boşida şartnoma qilganimizda unday şart bilan şartnoma qilmaganmiz. Elektroset rahbarlari “bizni hokimiyat majbur qilyapti”, deb aytişdi. Özi bu majburiymi yo majburiy emasmi? Bu xatni berişdan oldin 1oy davomida hokim kamida 8 marta bizni yiğib majlis ötkazdi. Biz 10 nafar tadbirkor sizlarga murojaat qilmoqçimiz, 2 kundan keyin bu vaqt tugaydi”, – deydi murojaatçi.

Farğona şahrida faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkor ham şunday şikoyat yöllagan.

“Kanselyariya dökonim bor. Meni va qöşni dökonlarni Farğona şahar elektr tarmoqlari korxonasidan kelib, quyoş paneli örnatiş majburiyligi, agar örnatmasak, elektr tokidan uzişdan ogohlantirib ketişdi”, – deydi u.

Tadbirkorning aytişiça, ularga ogohlantiriş xatlari Farğona şahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 10 avgustda yuborilgan. “Endi tokdan uzib ketişarkan, bugun aytib ketişdi”, – deydi YaTT.

Bu kabi holat Quvasoy şahrida ham kuzatilayotgani ma’lum. Şahardagi savdo dökonlari va işlab çiqariş sohasi tadbirkorlariga ogohlantiriş berilgan.

Kun.uz avvalroq Oltinköl tumanida quyoş paneli örnatmagan tadbirkorlik sub’yektlari yoppasiga elektrdan uzilgani haqida yozgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga köra, Namangandagi tumanlarning birida metan-şoxobça quyoş paneli örnatmagani uçun gazdan uzilgan, natijada boşqa şoxobçada turnaqator navbatlar yuzaga kelgan.

Bunga javoban, Energetika vazirligi quyoş panellarini örnatişga majburlaş holatlarini qoralab çiqdi