Muloqot çoğida Özbekiston va Britaniya örtasidagi ta’lim sohasidagi munosabatlarning bugungi holati yuzasidan fikr almaşildi va ularni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat oliy öquv yurtlari örtasida tajriba va bilim almaşiş, kasbiy tayyorgarlik va malaka oşiriş dasturlarini amalga oşiriş, şuningdek, akademik almaşinuv imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Britaniya diplomatik ta’lim tizimida köp yillik tajribaga ega Ian Proud Özbekistonda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan ta’lim dasturlarini rivojlantirişga kömaklaşişdan manfaatdorligini bildirdi.

Özbekiston elçisi mamlakatda ta’lim sifatini oşiriş uçun xalqaro aloqalar va hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladi.

Tomonlar Özbekiston va Britaniya örtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan qator qöşma tadbirlarni belgilab oldilar va özaro muloqotni davom ettirişga kelişib oldilar.