Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

  • shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
  • jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
  • aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
  • huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.