Rossiya prezidenti Vladimir Putin «çet el agenti» maqomiga ega şaxslarni Rossiya Federatsiyasi davlat organlarining kadrlar zaxirasiga kiritişni taqiqlovçi farmonni imzoladi. Rossiya Federatsiyasi normativ-huquqiy hujjatlari veb-saytida e’lon qilingan uşbu hujjat haqida 20 sentabr, juma kuni bir neçta rus tilidagi ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Gap 2017 yil 1 martdagi 96-sonli «Federal davlat organining kadrlar zaxirasi, federal hududning davlat hokimiyati organi kadrlar zaxirasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida»gi farmonga özgartirişlar kiritiş haqida bormoqda. Rossiya Federatsiyasida Putin farmonni imzolagan paytdan boşlab kuçga kirgan yangi qoidalar «çet el agentlari», şuningdek, Rossiya fuqaroligini yöqotgan yoki boşqa davlat fuqaroligi yoki çet elda yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölgan şaxslarni davlat xizmati uçun kadrlar zaxirasiga kiritişni taqiqlaydi.
«Çet el agenti» maqomiga ega rossiyaliklarning huquqlarini çeklaş
«OVD-Info» onlayn-naşri rossiyaliklarga «çet el agenti» maqomida ta’sir körsatadigan boşqa çeklovlarni eslatdi: «2022 yil noyabr oyida Davlat dumasi «çet el agentlari» deb tan olingan şaxslar uçun bir qator çeklovlar töğrisida qonun loyihasini qabul qildi. Unda «çet el agenti»ning davlat va kommunal xizmatda, prokuraturada va şartnoma böyiça harbiy xizmatçilar sifatida, bojxona organlarida, Federal jazoni ijro etiş xizmatida, Tergov qömitasida, «FSB»da, «SVR»da işlaşi taqiqlangan». Rossiya Federatsiyasi prezidentining 19 sentabrdagi farmoni uşbu çeklovlarni kengaytiradi.
Rossiyada «çet el agenti» maqomi 2012 yildan beri mavjud. U 2017 yildan ommaviy axborot vositalariga, 2020 yildan esa jismoniy şaxslarga berila boşlandi. «OVD-Info» ma’lumotlariga köra, 2024 yil boşida Rossiyada «çet el agentlari» reyestriga 760 ga yaqin şaxs va taşkilotlar kiritilgan.
Yagona federal kadrlar zaxirasi Rossiyada 2024 yil yanvar oyida taşkil etilgan. «U 2017 yildan beri mavjud bölgan idoraviy tizimlarni bekor qilmaydi», deb eslatadi «Fontanka» internet naşri.

















