Sentyabr oyi oxirida Yer ikkinçi oyga ega böladi, ammo bu atigi 57 kun davom etadi, deb ma’lum qildi olimlar.
Gap şundaki, gravitatsion tortişiş natijasida Yer 2024 PT asteroidini “tutib oladi”. U 29 sentabrdan 25 noyabrgaça sayyora bilan birga böladi. Şu vaqtda asteroid Yer atrofida xuddi kiçik Oy kabi aylanadi. Keyin asteroidlar kamariga qaytadi.
2024 PT Yerning töliq orbitasi böylab aylanmaydi, qolaversa, u juda kiçkina, kengligi atigi 10 metr, şuning uçun jismni oddiy köz bilan körib bölmaydi. Hatto şaxsiy teleskoplar ham yordam bermasligi mumkin, uni köriş uçun professional asbob-uskunalar talab etiladi. Olimlar mini-Oy Yer orbitasiga faqat 2055 yilda qaytib kelişini aytmoqda. Sönggi marta u 2006 va 2020 yillarda kuzatilgandi.
Avvalroq xitoylik olimlar Yerni xavfli asteroid zarbalaridan himoya qilişning yangi usulini topgandi. Ularning ta’kidlaşiça, asteroidlarning Yer bilan potensial töqnaşuvi yuz berişi mumkin bölgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olişga yordam berişi mumkin.
















