Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 ta texnikum bitiruvchilariga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi
Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning BTEC dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bu haqda shu yil 5 fevral kuni ijtimoiy sohalar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazifa qo‘yilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy o‘rganilib, qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Zamon talablariga tez moslashishi uchun texnikumlarning akademik mustaqilligini kengaytirish mo‘ljallanmoqda. O‘qish muddatlari va davomiyligini kasb murakkabligi va o‘quvchining ta’lim darajasiga qarab belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Texnikumlarda ta’lim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning BTEC dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Qabul jarayonini ish beruvchilar talabi asosida shakllantirish ham muhim. Shu maqsadda elektron platforma yaratilib, unga barcha vazirlik va tarmoqlar ulanadi. Texnikumlarning ta’lim dasturlari sanoat tarmoqlari, tadbirkorlar birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilganidan so‘ng amaliyotga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ai-80 benzini narxi yana qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 19:07
-
«Afrosiyob» poyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar qamaldi
O‘zbekiston | 19:06
-
O‘zbekiston va Germaniya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 19:03
-
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

12:15 / 11.08.2025
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

14:55 / 26.07.2025
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi

20:56 / 23.07.2025
Endigina diplom olganlarga qaysi sohalarda yuqori maosh taklif etiladi?

09:41 / 15.07.2025