Toşkent şahri va Surxondaryo viloyatida davlat zaxirasidagi yerni sotmoqçi bölgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Çilonzor tumani bölimi va IIV xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.M., F.T. va boşqalar Yangihayot tumanidagi davlat zaxirasida bölgan 7 sotix yerni fuqaro T.M.ga göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari yordamida 175 000 dollar evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib olib berişni va’da qilib, oldindan 25 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalilar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentning Surxondaryo viloyati boşqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. Jarqörğon tumani “Özbekiston” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 60 sotix yerni fuqaro S.A.ga 300 mln sömga sotişga kelişib, keyinçalik kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va’da qilib, 65 mln söm va 18 400 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















