2024 yil 13-14 iyul kunlari kuçli yoğingarçilik oqibatida Farğona vodiysi va Qirğizistonning Oş viloyatlarida kuçli sel keldi. Oqibatda Andijon viloyati Xöjaobod va Jalaquduq tumanlari örtasidagi Yorqişloq qişloğida soy ustiga qurilgan köprik qulab tuşgan edi.
Natijada ikki tumanning yirik aholi punktlari örtasidagi avtomobil qatnovi töxtab qoldi. Hokimlik qurib bergan vaqtinça köprik – suvga taşlangan yirik trubalar ustidagi şağal taşlab qöyilgan holati esa juda xavfli bölib, yoz oylarida bir neça marta oqib ketdi. Hozir ham suv sathining biroz kötarilişi yana vaqtinça köprikni oqizib yuborişi mumkin.
Kun.uz'ga murojaat qilgan mahalliy aholi vakillarining ma’lum qilişiça, oradan 2 oydan ziyodroq vaqt ötgan bölsa-da, qulab tuşgan köprikni tiklaş işlari amalga oşirilmagan.

“Öşa yerda işlagan quruvçilar bir neça kun suvga kiçik trubalar qöyib ketişdi, keyin uni yana suv oqizib ketdi. Kelib yana şunaqa omonat köprik qilib ketişdi. Şu bilan qaytib heç kim bu masalani eslamay qöydi. Bu joydan ötişda odamlar juda qiynalyapti, maşinalar soyni içiga tuşib yurgisi kelmaydi. Yurayotganlari ham yölning tor va noqulayligi uçun katta tirbandliklarda qolişga majbur.
Sovuq kunlar, yomğir-qor yaqinlaşyapti. Yaqinda umuman yurib bölmay qoladi. Minglab aholi har kuni uyoqdan-buyoqqa ötib, Qörğontepa va Xöjaobod markazidagi bozorlarga boradi. Bundan taşqari, bu yerda Andijondagi eng yirik “Döstlik” bojxona posti orqali ham odamlar ötib qaytadi, ularning bir qismi bu köprik orqali Jalaquduq tumaniga ötib ketardi” – deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan mahalliy aholi vakillaridan biri.

Voqea hamma joyda şov-şuv bölib, sel köprikni oqizgani haqida videolar tarqalgaç, tuman va viloyat hokimliklari bayonot bergan. Andijon viloyati hokimligi hukumat topşiriği asosida vaqtinça köprikka parallel ravişda sel oqizib ketgan asosiy köprikni ham tiklaş işlari amalga oşirilişini aytgan edi.
“Hukumat topşiriğiga asosan, viloyat hokimligi nazorati ostida Xöjaobod va Jalaquduq tumani oraliğida yangi köprik qurilmoqda”,


















