Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Nyu-Yorkdagi boş qarorgohida Burundi taşqi işlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Şingiro bilan uçraşdi.

"Burundi Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 152-davlat böldi, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari. – Hamkasbim, taşqi işlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Şingiro janoblari bilan birgalikda BMT boş qarorgohida tegişli qöşma kommyunikeni imzoladik. Uşbu hujjat mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga çiqarişda poydevor bölib xizmat qiladi".

Şarqiy Afrika davlati Özbekiston bilan diplomatik aloqalar örnatgan 152-mamlakatga aylandi.

Bundan avval Nyu-Yorkda Özbekiston va Seyşel orollari örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida qöşma kommyunike imzolangan edi.