Ar-Riyod neft narxining bir barreli uçun norasmiy körsatkiç bölgan 100 dollarga qaytişini kutişdan çarçadi va bozordagi uluşini boşqa yöqotiş niyatida emas. Podşohlik dekabrdan boşlab neft qazib olişni oşiriş niyatida va past narxga könişga tayyor. Uşbu vaziyat Rossiyaning daromadlari kamayişidan dalolat beradi, çunki mamlakatning kelgusi yilgi budjet xarajatlarida uruşga yönaltiriladigan mablağlarni yana 22 foizga oşiriş közda tutilgan.
Sentyabr boşida Brent markali neft narxi avgustda barreli uçun 82 dollarga çiqqan körsatkiçdan şiddat bilan pasayişni boşladi, OPEK+ davlatlari oktyabr boşidan neft qazib çiqarişni oşiriş rejasini yana ikki oyga keçiktirdi. Bozor iştirokçilari uşbu qarorni e’tiborsiz qoldirdi va uning narxi 2021 yil dekabrdan beri eng past kösatkiçga — 70 dollargaça tuşib ketdi. Köp ötmay narxlar yana turğunlaşgan bölsada, OPEK+ rejalaştirilganidek qazib oliş hajmini oşirişni boşlaşga tayyormi degan savol yuzaga keldi. Çunki dunyo, şuningdek, neftning asosiy iste’molçisi bölgan Xitoy iqtisodiyotining ham sekinlaşuvi kuzatilmoqda.
OPEK+ da neft işlab çiqariş böyiça eng yirik bölgan Saudiya Arabistoni 1 dekabrdan baribir «qora oltin»ni qazib oliş hajmini oşirmoqçi, bu hatto narxlar pastligi uzoq davom etsa ham amalga oşiriladi.
Budjetni barqarorlaştiriş uçun Ar-Riyod bir barrel neftni 100 dollardan sotişi kerak. Ammo podşohlik tuşib ketgan daromadlarni, davlat obligatsiyalarini çiqariş yoki valuta zaxiralaridan foydalaniş orqali qoplaş haqida öylamoqda. Financial Times manbalarining sözlariga köra, mamlakat rahbari bozordagi uluşni endi boşqa işlab çiqaruvçilarga topşirib qöyiş niyatida emas.
Rejaga muvofiq, Saudiya Arabistoni dekabrdan boşlab örgaça sutkalik neft qazib olişni oyiga 83 ming barrelga oşiradi, 2025 yil dekabriga borib oylik qazib oliş hajmi 1 millionga oşadi. Hozirda podşohlik sutkasiga 8,9 million barrel neft qazib oladi.
Brent markali neftning bir barreli uçun narxlar 99 follarni taşkil etgan — bu 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidagi yuqori narxlarga teng. Noyabrdan boşlab OPEK+ narxlarni yuqori darajada uşlab turiş uçun işlab çiqarişni çeklagan edi. Ammo neft narxi tuşişni davom etdi va 2024 yil sentabrda uning örtaça narxi 73 dollarni taşkil etdi. 26 sentabr kungi savdolarda Brent narxi qariyb 3 foizga tuşib ketdi.
Bu nefti diskont bilan sotilayotgan Rossiya budjeti çun kritik hisoblanadi. Joriy yilgi budjet Urals markali neft narxi barreli uçun 70 dollar bölişi hisobga olingan holda işlab çiqilgan.

















