«Helen» to‘foni AQShning olti shtatini qamrab oldi - fotosuratlar
Qurbonlar soni 100 ga yaqinlashgan.
AQSh bo‘ylab «Helen» dovuli ro‘y berdi. Oltita shtatda — Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya, Florida, Tennessi va Virjiniyada, — so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 95 kishi halok bo‘lgan. Kamida ikki million kishi elektr energiyasisiz qolgan, daryolar qirg‘oqlariga toshib chiqqan, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘lgan, bu esa tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga birinchi galda zarur bo‘lgan buyumlarni yetkazib berishni qiyinlashtirmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda: «Helen»dan eng ko‘p jabr ko‘rgan birgina Shimoliy Karolinaning o‘zida favqulodda xizmatlar o‘z yaqinlari va qarindoshlari bilan bog‘lana olmayotgan odamlardan 1000 dan ortiq murojaat qabul qilgan. «Meduza» «Helen» dovuli oqibatlari aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
18:50 / 07.12.2024
Irlandiyada «Dara» to‘foni sabab 400 mingga yaqin odam elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:00 / 05.11.2024