Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi
Mayami sudiga berilgan da’voga ko‘ra, Trampning Springfildda muhojirlar go‘yoki mushuk va itlarni yeyayotgani haqidagi bayonotlari nafrat va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atmoqda.

Foto: Gage Skidmore
AQShning Springfild shahridagi Haiti diasporasi vakillari AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning orol davlatidan kelgan muhojirlar uy hayvonlarini o‘g‘irlab ketayotgani va yeyayotgani haqidagi da’volari yuzasidan Mayami federal sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. 27 sentabrdagi hujjatda ayblanuvchilar ro‘yxatida respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jyeyms Devid Vens va avvalroq Trampning da’volarini qo‘llab-quvvatlovchi xabarlarni tarqatgan X ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask ham bor.
«Oxirgi ikki hafta davomida haitilik muhojirlar »mushuk va it yeyishi» haqidagi da’volar yolg‘on ekanligi haqida bir necha bor aytilgan bo‘lsa-da, ayblanuvchilar uni tarqatishda davom etmoqda. Bu bayonotlar haitilik muhojirlarga tuhmat qilish va hayotini xavf ostiga qo‘yish maqsadida tarqatilyapti», — deyiladi bayonotda.
Tuhmat, nafrat qo‘zg‘atish, zo‘ravonlikka undash va haitilik muhojirlar fuqarolik huquqlarini buzishga qaratilgan fitna — bu The Haitian Diaspora PAC va Office of the Haitian Diaspora guruhlari tomonidan Trampga qo‘yilgan ayblovlarning faqat bir qismidir. «Hech kimning butun bir guruh odamlarga tuhmat qilishga, ularga qarshi yolg‘on tarqatish orqali kundalik hayotini xavf ostiga qo‘yishga haqi yo‘q», deb ta’kidladilar da’vo loyihasi mualliflari.
Tramp muhojirlarni it va mushuklarni yeyayotganlikda aybladi
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris bilan saylovoldi debatida Tramp haitilik muhojirlarni mushuk va itlarni yeyayotganlikda ayblab, ularni Springfilddan ommaviy ravishda deportatsiya qilishga va’da berdi. «Springfildda ular itlarni yeyishadi, mushuklarni yeyishadi. U yerda yashovchi odamlarning uy hayvonlarini yeyishadi», — dedi respublikachi. Springfild meri Rob Ryu va shahar politsiyasi bu xabarlarni rad qildi, biroq Tramp tarafdorlari ularni tarqatishda davom etdi.
Trampning bayonotlari ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab istehzoli izohlar va postlarni keltirib chiqardi. Shunday qilib, janubiy afrikalik musiqachi The Kiffness Trampning so‘zlari asosida Eating the Cats deb nomlangan satirik trekni yozib chiqardi, u ikki hafta ichida YouTubeʼda 9 milliondan ortiq ko‘rildi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:00
-
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 17:55
-
Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?
O‘zbekiston | 17:47
-
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 17:44
Mavzuga oid

09:05
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

18:37 / 22.04.2025
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi

12:18 / 22.04.2025
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

12:04 / 22.04.2025