Senat yalpi majlisida “Qişloq xöjaligi kooperativi töğrisida”gi qonun muhokama qilindi. Qonun bilan qişloq xöjaligi kooperativlarini taşkil etiş, kooperativ a’zoligiga qabul qiliş, nazorat qiliş, taşqi audit, boşqariş, qayta taşkil etiş va tugatiş borasidagi, şuningdek, davlat va kooperativlar örtasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda.

Ma’lum qilinişiça, kooperativ qişloq xöjaligi faoliyatini amalga oşiriş uçun pay usuliga hamda jismoniy va yuridik şaxslarning ixtiyoriy ravişda birlaşişiga asoslangan mustaqil tijorat taşkiloti ekani qonunan belgilanmoqda. Şu bilan birga, qişloq xöjaligi kooperativi kamida yetti nafar jismoniy va (yoki) yuridik şaxslardan iborat tarkibda taşkil etilişi nazarda tutilyapti.

Qonunda qişloq xöjaligi kooperativining boşqaruv organlari, jumladan, umumiy yiğiliş, kooperativ boşqaruvi, kuzatuv kengaşining aniq vazifalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari mustahkamlanmoqda.

Şuningdek, qişloq xöjaligi kooperativiga a’zolikka kiriş va undan çiqiş, kooperativ a’zolarining huquq va majburiyatlari, ularning hisobini yuritiş, pay badallarini tölaş bilan boğliq normalar hujjatda öz aksini topgan.

Bundan taşqari, kooperativlarga qişloq xöjaligi sohasida xizmatlar körsatiş bilan bir qatorda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va realizatsiya qiliş, şuningdek, qonunlarda taqiqlanmagan boşqa faoliyat turlari bilan şuğullaniş huquqi berilmoqda.

Qonunda davlat tomonidan agrar-iqtisodiy siyosat yordamida kooperativlar faoliyati uçun qulay muhitni ta’minlaş, ularning faoliyatini rağbatlantiruvçi va qöllab-quvvatlovçi maqsadli dasturlarni işlab çiqiş, qişloq xöjaligi korxonalariga berilayotgan imtiyozlardan töliq foydalaniş imkoniyatini yaratiş, bank kreditlaridan va boşqa moliyaviy resurslardan foydalanişda kömaklaşiş nazarda tutilgan. Kooperativlarni iqtisodiy, sotsial, hududiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantiriş böyiça qöllab-quvvatlaş masalalariga ham alohida e’tibor berilgan.

Qayd etilişiça, qonunning qabul qilinişi qişloq xöjaligi bilan şuğullanuvçi sub’yektlarning özaro hamkorligini ta’minlaydi, öz taşabbusi bilan qişloq xöjaligi kooperativlarini taşkil etiş, ularni professional va demokratik yöl bilan boşqariş hamda qişloq xöjaligida muvaffaqiyatli faoliyat yuritiş imkonini beradi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun muhokamasida qişloq xöjaligi kooperativlari agrar sohani rivojlantirişning muhim vositasi ekanini ta’kidlab ötdi.