Germaniyaning Hamburg şahri sudi rossiyalik oligarx Alişer Usmonovning Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi (FIE) hakamlariga pora bergani haqidagi ma’lumotlarni tarqatişni taqiqladi. Avvalroq şu mazmundagi xabar ARD telekanali efirida yangragan edi.
Sud qaroriga köra, bu ma’lumot işonçsiz deb topildi va «şubhaga asoslangan nomaqbul xabarlar» sifatida tavsiflandi. Agar javobgar sud buyruğini buzsa, bunday qoidabuzarlik uçun 250 ming yevro jarimaga tortiladi yoki qamoqqa olinadi.
Usmonovning advokatlari şu yilning avgust oyida ARD telekanali tomonidan e’lon qilingan ikkita maqola va hisobot yuzasidan sudga murojaat qilgan edi. Ularda telekanal jurnalisti oligarxni hakamlarga pora beriş tizimini yaratişda ayblagan. Usmonov FIE prezidenti lavozimida 2022 yil boşigaça, unga qarşi Ğarb sanksiyalari joriy qilingan vaqtgaça işlagan. Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasining amaldagi rahbariyati bu ma’lumotlarning haqiqiyligini rasman rad etdi.
Usmonov Yevropa sudlarida özini muvaffaqiyatli himoya qilmoqda. Avvalroq, mart oyida Hamburg sudi Forbes naşriga oligarx Vladimir Putinning «yaqin odami» ekanligi va «uning biznes muammolarini hal qilgani» haqida ma’lumot tarqatişni taqiqlagan edi. Şu bilan birga, keyinçalik, uning advokatlari Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boşqarmasi va şved iqtisodçisi Anders Oslundni Usmonov va uning singlisi Gulbahor Ismoilova haqidagi tvitlarini öçirişga erişgani ma’lum böldi.

















