Gurjistonda dastlabki notijorat taşkilotlar «çet el agentlari» davlat reyestriga kiritildi. «Exo Kavkaza» naşri bunga 1 oktyabr, seşanba kuni e’tibor qaratdi. Gurjiston rasmiylari «Çet el ta’sirining şaffofligi töğrisida»gi munozarali qonun kuçga kirganidan ikki oy ötib reyestrni töldira boşladi.

Naşr ma’lumotlariga köra, «çet el agentlari» röyxatiga birinçi bölib quyidagi töqqiz NNT kiritilgan: «Gurjistondagi ukrainaliklarning yoşlar taşkiloti – Svitanok», «Gurjiston fermerlari va qişloq xöjaligi işçilari kasaba uyuşmasi», «Kutaisi yoşlar uyi», «Xristianlar ittifoqi», «Yahudiylar madaniy-ma’rifiy jamğarmasi», «Qizlar – jahon yetakçilari», «Tbilisi yoşlar uyi», Inclusive practices, «Taşabbuslar, taraqqiyot va bandlik assotsiatsiyasi».

AQŞ Gurjistonda «demokratiyaga putur yetkazilgani» uçun sanksiyalar kiritdi

AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) Vaşington fikriça, Gurjistondagi «asosiy erkinliklarga, jumladan, söz erkinligiga putur yetkazgan» şaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Çeklov çoralari haqida 16 sentabr kuni Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Çeklovlar «tinç namoyişçilar va siyosiy muxoliflarga qarşi şafqatsiz repressiyalar» bilan boğliq Gurjiston hukumatining ikki mansabdor şaxsiga hamda yiğilişlar va söz erkinligini zöravonlik bilan bostirişda bevosita yoki bilvosita iştirok etgan ikki xususiy şaxsga nisbatan qöllangan.

Röyxatda Gurjiston Içki işlar vazirligining maxsus topşiriqlar böyiça departamenti rahbari Zviad Xarazişvili va uning örinbosari Mileri Lagazauri bor. Bundan taşqari, röyxatga öta konservativ rossiyaparast Alt-Info («Alt-info») platformasi yetakçilari Zurab Maxaradze va Konstantin Morgoşiya ham kiritilgan.

Vaşingtonga köra, birinçi ikkisi «çet el agentlari» qonuniga qarşi namoyişlarni bostiriş bilan aloqador. OFAC qöşimça qilişiça, Alt-Info rahbarlari 2021 va 2023 yillarda jurnalistlar, ozçilik guruhlari va nodavlat notijorat taşkilotlari idoralariga bosim ötkazişda iştirok etgan.