6 oktyabr, yakşanba kuni tongda TsAHAL e’lon qilga bayonotda aytilişiça, «Hamas Ğazo şimolidagi Jabaliya tumani hududida öz operativ salohiyatini tiklaşni boşlagani» tufayli 162-diviziya yakşanbaga ötar keçasi bu yerda amaliyot boşlagan.

Isroil mudofaa armiyasining ikkita brigadasi mazkur hududni qurşab olgan va ayni vaqtda u yerda harakatlanişda davom etmoqda, deyilgan bayonotda. Isroil harbiy-havo kuçlari amaliyotning «boşidan oxiriga qadar» öz harbiylariga yordam körsatiş uçun «önlab harbiy obektlar»ga zarbalar yöllagani aytilgan.

«Zarba berilgan nişonlar orasida qurol omborlari, yerosti infratuzilma obektlari, terrorçilik hujralari v boşqa harbiy infratuzilma obektlari bor», — deyilgan TsAHAL xabarida.

Isroil harbiylari Ğazo şimoli «hamon xavfli harbiy harakatlar hududi hisoblanişi»ni ma’lum qilib, yakşanba kuni şimolda ehtimoliy evakuatsiya hududlari körsatilgan yangi xaritani namoyiş etgan.

Şuningdek, TsAHAL Ğazo janubidagi Al-Mavasiy gumanitar zonasi kengaytirilganini ma’lum qilgan. Falastinlik amaldorlar va BMT vakillari esa anklavdagi biror joy, jumladan, gumanitar hududlar ham xavfsiz emasligini aytişmoqda, deya xabar qiladi Reuters agentligi.

Maktab va masjidga zarba

Hamas tomonidan nazorat qilinadigan Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi xabar qilişiça, isroilliklar Ğazoning markaziy qismida köçirilgan falastinliklar joylaştirilgan masjid va maktabga yöllagan aviazarba oqibatida 26 kişi halok bölganini ma’lum qilgan.

Idora ma’lumotiga köra, yakşanba kuni tongida Ibn Ruşd nomidagi maktab hamda Dayr-al-Balahadagi Al-Aqso şahidlari masjidiga yöllangan aviazarbalar oqibatida yana önlab kişilar yaralanganini ma’lum qilgan.

Isroillik harbiylar zarbalar nişoni uşbu ikki binodan «qömondonlik va nazorat markazlari» sifatida foydalangan Hamas jangarilari bölganini bildirgan. Hamas esa maktab, şifoxona va masjid kabi fuqarolik obektlaridan harbiy maqsadlarda foydalangani haqidagi bu ayblovni rad etgan.

Masjid hududida olingan va BBC tomonidan tekşirilgan videoyozuvlarda xarobalar orasida jasadlar yotgani va qon aks etgan, maktabdagi kadrlarda — yonayotgan bino hamda zambil kötargan kişilarni köriş mumkin.

Isroilning Ğazo böylab zarbalari Hamasning Isroilga hujumiga bir yil tölişi arafasida yöllandi. Öşanda falastinliklar guruhi a’zolari 1200 ga yaqin kişini öldirib, 251 kişini garovga olgandi.