PoliticalSalaries hisob-kitoblariga köra, davlatlarning eng köp maoş oluvçi rahbarlari orasida Singapur boş vaziri Lourens Vong peşqadamlik qilmoqda. U yiliga taxminan 1,69 million dollar maoş oladi, deb yozdi Forbes.

Undan keyingi örinni deyarli uç barobar orqada qolgan holda Şveytsariya prezidenti Viola Amherd egalladi. AQŞ prezidenti Jo Bayden törtinçi örinda qayd etildi.

Top-10 eng köp maoş oluvçi rahbarlar reytingi:

1. Singapur boş vaziri Lourens Vong – yiliga 1,69 mln $;

2. Şveytsariya prezidenti Viola Amherd – 569,5 ming $;

3. Avstraliya boş vaziri Entoni Albaniz – 412,5 ming $;

4. AQŞ prezidenti Jo Bayden - 400 ming $;

5. Avstriya kansleri Karl Nehammer – 316,7 ming $;

6. Yangi Zelandiya boş vaziri Kristofer Lakson – 310,5 ming $;

7. Kanada boş vaziri Jastin Tryudo — 301 ming $;

8. Germaniya kansleri Olaf Şols – 293,3 ming $;

9. Yaponiya boş vaziri Şigeru Işiba – 276,4 ming $;

10. Irlandiya boş vaziri Saymon Harris - 267,3 ming $.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin reytingda 28-örinni egalladi. Uning yillik maoşi 113,6 ming dollarga teng.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan yiliga 35,7 ming dollar maoş bilan yanada quyi örinlardan joy oldi.

Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad Ali eng kambağal rahbar – u yiliga bor-yöği 1,7 ming dollar maoş oladi. Nigeriya prezidenti Bola Tinubu (2,2 ming $) va Möğuliston boş vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene (3,8 ming $) mehnati biroz köproq baholanadi.

Reytingda Özbekiston, Qozoğiston va boşqa MDH davlatlari böyiça ma’lumotlar keltirilmagan.