Qoraqalpoğistonda Damas haydovçisi 27 nafar kiçik yoşdagi boğça tarbiyalanuvçilari bilan harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Hudud dasturida xabar berildi.

Qayd qilinişiça, avtomobil YPX xodimlari tomonidan töxtatilganda haydovçi bolalarni boğçadan olib qaytayotgani ma’lum bölgan. Unga nisbatan tegişli tartibda bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Haydovçi boğçaning maşinasi buzilib qolgani tufayli ilojsizlikdan şunday qilganini aytib, holat boşqa qaytarilmaslikka va’da bergan.

Körsatuvda ta’kidlanişiça, Qoraqalpoğistonda yil boşidan buyon bolalar bilan boğliq 57 ta YTH sodir bölgan, oqibatida 9 nafar bola vafot etgan.