Apple asosiy mahsulotlar lineykasidagi yillik yangilanişlar bilan mijozlarni xursand qilmoqda. Odatda, Amerika IT giganti iyun oyida özining yangi dasturiy ta’minotini namoyiş etadi, sentabr yangi iPhone va Apple Watch uçun, oktyabr esa Mac va iPad uçun ajratilgan.

Ammo Bloomberg naşrining taniqli insayderi Mark Gurman sözlariga köra, bu sikl tez orada özgarişi mumkin. Apple öz mahsulotlarini, şu jumladan iPhone smartfonlarining çiqariş usullarini qayta körib çiqmoqda.

Gurmanning ta’kidlaşiça, yillik yangiliklarga bölgan zarurat işlab çiquvçilarga ortiqça bosim ötkazadi. Natijada, Apple yangi funksiyalarni joriy etiş va qurilmalari sifatini ta’minlaşda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Masalan, «Sun’iy intellekt (Apple Intelligence) uçun noldan yasalgan birinçi smartfon» deb va’da qilingan iPhone 16 uşbu funksiyalarga ega bölmadi. Ularning paydo bölişi oktyabr oyi oxiriga qoldirildi.

Garçi kompaniya har yili yangi iPhone çiqarişni davom ettirsa-da, «yangi dasturiy ta’minot xususiyatlariga qurilmani moslaştiriş» uçun iPhone taqdimotini bir oy keyinga köçirişi mumkin.

Boşqa mahsulotlarga kelsak, ikki yillik yangilaniş davriga bosqiçma-bosqiç ötiş allaqaçon boşlangan, deb hisoblaydi Gurman. Masalan, bu yil Ultra 3 soatini çiqariş örniga, Apple şunçaki Ultra 2 uçun yangi qora rang qöşdi. Kompaniya, şuningdek, Apple Watch SE budjet soatini ham yangilamadi. Bu e’tiborni yangi dizayn va yangi xususiyatlarga ega bölgan yubiley 10-seriyaga qaratdi.

Gurman fikriga köra, quyidagi mahsulotlar endi har yili işlab çiqarilmaydi: barça iPad modellari, Apple Watch SE, Apple Watch Ultra, Mac Studio, Mac Pro, iMac, Mac mini, iPhone SE.

Morgan Stanley tomonidan e’lon qilingan sönggi hisobot şuni körsatdiki, iPhone 16 sönggi 5 yil içida talab pasaygan birinçi avlod böldi. Şu munosabat bilan Apple yöqotişlarga yöl qöymaslik uçun yangi smartfonlarga buyurtmalar hajmini kamaytirişi mumkin.