Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovga köra, gazlaştirilmagan hovlilar uçun ham elektroenergiya tariflariga 50 foizlik çegirma berilişi rejalaştirilyapti. U bu haqda «Lolazor» podkastida aytib ötdi.
«Oldin generatsiya quvvatlarimiz yetarli bölmagan. Hozir yetarli. Ayni paytda köp qavatli uylar uçun [gazlaştirilmagan] elektr energiyasiga 50 foiz çegirma amal qiladi. Biz gazlaşmagan hovlili xonadonlarga nisbatan ham buni qöllaş böyiça topşiriq olganmiz. Çegirma ularga ham 50 foiz böladi. Bu böyiça tegişli vazirliklar bilan işlayapmiz. Şuningdek, sanoat korxonalariga ham yuklamaga qarab oşiruvçi va kamaytiruvçi koeffitsiyentlar qöllaş rejalaştirilyapti», — dedi energetika vaziri.
Mirzamahmudovning qöşimça qilişiça, elektromobillarni kunning ma’lum vaqtida zaryadlaş böyiça ham rejalar işlab çiqilyapti. Bu ham energiya tizimining balanslaşida muhim ahamiyatga ega.
«Quyoş va şamol elektrostansiyalarini işga tuşiryapmiz. Bu yil birinçi marta batareya saqlaş tizimini işga tuşiramiz. Ularning umumiy quvvati 300 megavatt, Andijon va Farğonada. Sentyabrda bizda birinçi marta işlab çiqarilgan energiyani tarmoqqa qabul qila olmaslik holati böldi. Bu uç kun kuzatildi. Ya’ni iste’mol işlab çiqarişdan kam bölgan. Şunday holatlarning oldini oliş uçun 4 gigavatli energiya saqlaş tizimlari işga tuşirilgaç elektr energiyasi batareyada yiğiladi, kerakli paytda esa tarmoqqa uzatiladi», — dedi vazir.
Işlab çiqarişning oşişi va iste’molning kamayişi sababli Özbekiston 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 800 mln kilovatt soat kam elektr energiyasi sotib olgan.
Energetika vazirining ta’kidlaşiça, gazlaştirilmagan hovlilar uçun differensial tariflarni joriy qiliş böyiça Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan işlar olib borilyapti.
«Işlab çiqaruvçilarni ham inobatga olgan holatda buni 1 yanvardan joriy etişga harakat qilamiz», — dedi u.

















