Hindiston arxeologiya xizmati (ASI) olimlari Şimoliy Uttar-Pradeş ştatidagi Sinauli şahrida topilgan noodatiy buyumlar davrini aniqladi. U yerdagi aravalar va boşqa mohirlik bilan yasalgan buyumlarning yoşi 4 ming yildan oşadi, buni radiouglerod tahlili tasdiqlaydi. Bu Hindiston subkontinentidagi birinçi şunday topilmalardir. Ular qadimda mahalliy jamoa ilğor texnologiyalarga ega bölganidan dalolat beradi.

Sinaulidagi qazişmalar 2005 yildan beri olib borilmoqda. Öşandan buyon 120 dan ortiq qabrga ega boy nekropol topilgan. Ularning ba’zilari oddiy askarlarga, boşqalari katta boşliqlarga tegişli. Eng hayratlanarli topilma uçta jang aravasi böldi. Xuddi şu joydan arxeologlar qiliç, köplab maş’alalar va nafis bezatilgan tobutlar, dubulğalar hamda turli xil mayda mis buyumlarni ham topdi.

Topilmalar şuni körsatadiki, bundan tört ming yil avval mahalliy jamoa faol uruş harakatlarini olib borgan va harbiy san’atda rivojlangan texnologiyalarga ega bölgan. Bu hind madaniyatini öşa davrda jangovar aravalardan foydalangan Mesopotamiya va Yunoniston kabi sivilizatsiyalar bilan bir qatorga qöyadi.

Yoğoç buyumlarning aksariyati mis elementlar bilan qoplangan yoki bezatilgan bölib, bu nafaqat ularni çirişdan saqlagan, balki bugungi kunda topilmalarning yoşini aniqlaşga imkon bermoqda. Mahalliy ustalar yoğoç va misga işlov berişda yuksak mahoratga ega bölgan.

Bundan taşqari, aravalardagi geometrik şakllar va boşqa dekorativ elementlar ulardan hokimiyat va obröni ifodalovçi tantanali transport sifatida ham foydalanilganini körsatadi.

Yana bir muhim topilma haşamatli bezatilgan tobut böldi. Qabrda kiçik haykalçalar va naqşli dubulğalar ham joylaştirilgan. Şuningdek, u yerdan ikkita mis hassa, qamçi, oltin va steatit munçoqlar hamda köplab sopol buyumlar topildi. Bundan kelib çiqib qabr yuqori martabali harbiy sarkardaga tegişli bölişi mumkinligini taxmin qiliş mumkin.