Surxondaryo viloyatida haydovçi yuk maşinasi bilan yöl çetida turgan uç kişini urib yuborib qoçib ketdi. 

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 7 oktyabr kuni Boysun tumani hududida sodir bölgan. 

Captiva haydovçisi va uning ikki nafar yölovçisi M-39 avtomobil yölining Boysun tumani hududidan ötgan qismida yöl çetida töxtab maşinaga yonilği quyayotganda noma’lum transport ularni urib yuborib, qoçib ketgan. 

Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan haydovçi va bir nafar yölovçi voqea joyida halok bölgan. Ikkinçi yölovçi şifoxonaga yotqizilgan. 

Suriştiruvlar davomida Captiva haydovçisi va yölovçilarini Isuzu yuk maşinasi urib ketgani, haydovçi hodisa haqida heç kimga xabar bermay voqea joyidan qoçib ketgani aniqlangan. 

Olib borilgan tezkor çoralar natijasida gumondor yuk maşinasi bilan Sirdaryo viloyati hududida harakatlanayotgani aniqlangan. 56 yoşli haydovçi tegişli tartibda uşlanib, Boysun tuman IIBga olib kelingan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan.