Dunyo böylab 609 000 ga yaqin kişi iştirok etgan yangi, keng qamrovli tadqiqot natijalariga köra, örta yoşli va keksa odamlarda yolğizlik demensiya (orttirilgan aqliy zaiflik) rivojlaniş xavfini 31 foizga oşiradi.

Yevropa Ittifoqi böylab 7,9 millionga yaqin odam aziyat çekayotgan demensiya kasalligiga qarşi dori-darmon yöq. Biroq kasallik xavfini oşiruvçi omillar genetika va turmuş tarzi bilan boğliq bölib, ularga jismoniy faollik, çekiş, spirtli içimliklar iste’moli, hatto ijtimoiy aloqalari sifati ham kiradi.

Nature Mental Health jurnalida çop etilgan yangi tadqiqotdan ma’lum bölişiça, yolğizlik har qanday sababga köra demensiya, Alsgeymer kasalligi va qon-tomir demensiyasi rivojlaniş xavfini oşiradi, bu ayniqsa diabet yoki semizlik bilan oğrigan keksa odamlar uçun xavfli.

Bu, şuningdek, kognitiv buzilişlar xavfini 15 foizga oşiradi. Kognitiv buzilişlar xotira yöqolişi, qaror qabul qilişda qiyinçilik, diqqatni jamlaş yoki biror işni yakunlaşdagi muammolarni öz içiga olgan keng tarqalgan muammodir. Tadqiqotçilar depressiya, ijtimoiy izolyatsiya va boşqa potensial xavf omillarini hisobga olişganida ham, natijalar öz tasdiğini topdi.

“Ular yolğizlik kelajakda demensiya rivojlanişining jiddiy xavf omili ekanini körsatmoqda”, — dedi tadqiqot mualliflaridan biri, Irlandiyaning Limerik universiteti psixologiya öqituvçisi Parayk O Suilleabhayn

Yolğizlik — köp qatlamli muammo

Irlandiya, Şvetsariya, Fransiya, AQŞ va Xitoy olimlari butun dunyo böylab keksayiş böyiça ötkazilgan 21 ta tadqiqot ma’lumotlarini birlaştirib, yolğizlik, demensiya va kognitiv qobiliyatlarning pasayişi örtasidagi boğliqlikni meta-tahlil qilgan.

Tadqiqotlarning aksariyatida iştirokçilardan heç bölmaganda ba’zi vaqtlarda özini yolğiz his qilgan-qilmagani haqida söralgan, ayrim tadqiqotlarda esa ularning yolğizligi qançalik kuçli bölgani baholangan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida odamlarning 35 foizi vaqtining kamida bir qismida özini yolğiz his qilişini aytadi. Bunda eng yuqori körsatkiçlar Irlandiya, Lyuksemburg, Bolgariya va Gretsiyada qayd etilgan.

O Suilleabhaynning aytişiça, tadqiqot natijalari yolğizlik uzoq umr köriş yoki insonlarning umr davomiyligi bilan qanday boğliqligini tuşuntirişga yordam beradi.