“Kambağallikni qisqartiriş va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillaştiriş va samaradorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qaroriga köra, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligida yuqori natijaga erişib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamçisidan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi taşkil etiladi.
Bunda “Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi har bir hokim yordamçisi samaradorlik körsatkiçi past bölgan tuman (şahar)larga biriktiriladi va ular 6 oygaça mazkur tuman (şahar)lardagi mahallalarga xizmat safariga yuboriladi.
Xizmat safari davomida “Loyiha menejerlari” guruhidagi hokim yordamçilari, iş haqi va boşqa ijtimoiy tölovlar saqlab qolingan holda lavozim maoşining 50 foizi miqdorida qöşimça rağbatlantiriladi.
“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi hokim yordamçilarining xizmat safari va ularni moddiy rağbatlantiriş bilan boğliq xarajatlar Hokim yordamçilari faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.
Hokim yordamçilarini qonunçilikda ularga yuklatilgan vazifalardan taşqari boşqa işlarni bajarişga jalb etiş taqiqlanadi.

















