Keça Özbekistonning şimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.

"Özgidromet" xabariga köra, bugun va ertaga antitsiklon mamlakat barça hududlariga ta’sir etadi. Respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi, toğoldi va toğli hududlarda kuçli yomğir yoğadi, baland toğlarda yomğir qorga aylanadi, faqat respublikaning şimoliy hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. 

Çorşanba kuni faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğişi ehtimoli saqlanib turadi. Uşbu kunlarda harorat foni örtaça iqlimiy qiymatlardan 6-8 darajaga past böladi. 

Harorat keçalari +3...+8 darajagaça, şimoliy hududlarda -0...-2 darajagaça pasayadi, kunduz kunlari +13...+18 darajadan yuqori bölmaydi.

Payşanba va juma kunlari antitsiklon şarqqa tomon siljiydi, bu kunlarda Özbekiston böyiça yoğingarçilik yoğişi ehtimoli kam. Havo harorati keçalari +3...+8 daraja atrofida bölişi saqlanib turadi, juma kuniga borib kunduz kuni +17...+22 darajagaça kötariladi.

16-17 oktyabrda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol 13-18 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. 14-17 oktyabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin.

Poytaxtda bugun va ertaga vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +15...+17 darajani taşkil etadi, ertaga keçasi +8...+10 daraja böladi, kunduzi 13-15o dan yuqori bölmaydi.

16-17 oktyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçalari +3...+6 daraja, kunduz kunlari +13...+16 daraja atrofida böladi.