Toşkentning "Novza" metro bekati yaqinida noodatiy marketing uslubini qöllayotgan kosmetologiya klinikasi mavjud. U yerda mijozlarni aldaş va manipulyatsiya qiliş orqali oddiy xizmatlar bir neça ön karra qimmat narxlarda sotib olişga majburlanadi. Kosmetologiya va trixologiya yönalişidagi muolajalar taklif qiladigan bu klinikaning mijozlari ularni aldaşga urinişgani haqida gapirib berişdi.

Mijoz sifatida klinikada bölgan jurnalist Feruza Najmiddinova instagram sahifasida özi bilan boğliq şunday holat yuz bergani, kredit evaziga muolajalar taklif qilişganini aytdi.

“Bir yil oldin qayta-qayta kosmetologiya markaziga taklif qilişgandi: bepul vauçer yutib oldingiz deb. Yaqinda yana qönğiroq qilişganda mayli deb bordim. Xullas, sertifikatga ega bölganim uçun çegirmali narxda 40 mln turadigan muolajalarni 12 mlnga qilib beramiz deyişdi. Turmuş örtoğim bilan maslahatlaşişimni aytdim. Ular hozir qönğiroq qilişimni söraşdi. Bu telefonda maslahat qilinadigan summa emasligini aytdim.

Şu markazga borgan örtoğim puli yöqligini aytsa, “şartta kredit oling, hozir istalgan bank 5 daqiqada kredit beradi. Özim örgataman” deyişgan. Bu dahşat. 40 mlnni 12 mln deb, kamiga kreditga tiqib qöyişyapti”, degan Najmiddinova.

Video ostidagi izohlardan şunday holatga tuşganlar köp ekanligini biliş mumkin. Köpçilik bu kosmetologiya klinikasining qöştirnoq içidagi “faoliyati”idan xabardorligini, lekin ularga nega çora körilmayotganligidan noroziligini bildirib izoh qoldirişgan.

“Menam borganman, xuddi şunaqa kinnalaşgan edi. Hozir yonimda bunaqa pul yöq desam, uyingizga maşinada özimiz olib boramiz, siz uydan pul olib çiqib berasiz, bizning vakil siz bilan şartnoma qilib keladi deb yopişvoldi. Özim boğlanaman sizga deb zörğa qutuldim”.

“Men soçimni tekşirtirişga borganman. Yaqinda kal bölasan deb qörqitişdi, 18 millionlik kursni 9 millionga qilamiz deyişdi. Öylab köraman deb çiqdim. Lekin haligaça kal bölganim yöq. Ular odamlarni rosa qörqitişadi. Yuzini tekşirsa qariyapsan deb, soçini tekşirsa kal bölyapsan deb”.

“Men ham turmuş örtoğim bilan öşa klinikaga borganman. Juda çiroyli muomala bilan xuddi gipnoz qilganday 7 million tölaşimizga erişişgan. Ular taqdim qilgan mahsulotlar (krem, gel) şunaqa narx turişini aytgan.

Tölov amalga oşirganimizdan söng, qölimizga (içidagi kremlar bilan) paket uşlatib şoşilinç tarzda kuzatib qöyişgan. Uyga borib, öşa kremlarni internetdan qaraganimizda, arzimagan pul turişini bildik. Şunda öşa klinika haqida yandex, google va boşqa xizmatlar orqali ma’lumot qidirganimizda ular haqida juda köpçilik ularning qallob (moşennik) va ular ançadan beri köpçilikni aldab kelişlari haqida öqidik. Ertasi kuni klinikaga qayta borib, ular bizga yolğon gapirişganini va kremlarini qaytarib olib, pulimizni qaytib berişlarini söraganimizda, bir kun oldin juda çiroyli muomalada bölgan ayollar biz bilan urişgisi kelib, juda xunuk muomala qilişgan va pulimizni qaytarib bermasliklarini aytişgan. Men esa öz huquqlarimni bilganim uçun ularning huquqşunoslari (ularning taniştirişi böyiça) bilan gaplaşib, pulimni qaytib olişga erişdim.