2021 yilda “Yoşlik-1” koni negizida 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişi boşlangan edi. Bu loyihaning ikkinçi bosqiçi doirasida 4-mis boyitiş fabrikasi ham taşkil etiladi. 15 oktyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, uşbu yangi zavod qurilişini boşlab berdi.

Rasmiy relizga köra, qiymati 5,3 milliard dollarlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumuş oliş quvvatlari yaratiladi. Yillik işlab çiqariş hajmi 1,9 mlrd dollarga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kişi işlaydi.

Loyihaga Italiyaning “Wood” hamda Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Işlab çiqarişda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qöllanişi belgilangan.

Qayd etilişiça, hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitiş fabrikasi ham loyihalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, 3-mis boyitiş fabrikasi 4,6 mlrd dollarga baholangan.