Germaniya kansleri Olaf Şols 17 oktyabr kuni bölib ötadigan Yevroittifoq sammitida Yevropa Ittifoqi hamkorlaridan Ukrainaga harbiy yordamni oşirişni söraydi. Bu haqda 15 oktyabr, seşanba kuni Berlindagi hukumat vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.
Uning sözlariga köra, Germaniya kansleri «yanada qanday qöllab-quvvatlaş mumkinligini körib çiqiş uçun albatta yana murojaat bilan çiqadi».
Ukraina Yevropa Ittifoqining 35 milliard yevro miqdoridagi kreditiga umid qilişi, xususan, undan qurol sotib olişda foydalanişi mumkin, deya eslatadi Reuters. Yevroparlament 22 oktyabrda uni yakuniy ma’qullaşi kerak. Biroq, agar Qöşma Ştatlar moliyaviy yordamini e’lon qilsa, bu miqdor kamayişi mumkin.
Borrel Ukraina uçun 6,5 mlrd yevro ajratilişiga umid qilmoqda
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel noyabr oyigaça ittifoqqa a’zo davlatlar uning Kiyevga Yevropa tinçlik jamğarmasidan harbiy maqsadlar uçun olti milliard yevrodan köproq mablağ ajratiş haqidagi taklifini ma’qullab, Vengriyaning vetosini bekor etişiga umid qilmoqda.
«Biz Yevropa tinçlik jamğarmasi va Ukrainaga yordam jamğarmasi mablağlarini blokdan çiqarişga imkon beradigan konsensusni topişimiz kerak, men hozir 100 foiz kafolat bera olmayman, ammo öylaymanki, barça mamlakatlar bu kelişuvga erişadilar», dedi Borrell 14 oktyabr kuni Lyuksemburgda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişi yakunlari böyiça.

















