Janubiy Sudanda suv toşqinlari oqibatida milliondan ortiq insonga jabr yetdi. Bu haqda BMTning gumanitar taşkiloti ma’lumotlariga tayanib, BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, jabrlangan aholining çorak qismi mamlakat şimolida istiqomat qiladi — ular suv sathi kötarilgani bois öz uylarini tark etişga majbur bölgan. Turli balandliklardan boşpana topayotgan insonlarga yordam körsatişga davomli yoğingarçilik xalaqit bermoqda.

Joriy yilgi suv toşqinlari mavsumi 11 milliondan ziyod aholiga ega Janubiy Sudanda oxirgi ön yillarda kuzatilgan eng kuçlisi böldi. Yordam körsatiş böyiça hukumat agentligi ma’lumotlarda keltirilişiça, mamlakat şarqidan oqib ötgan Pibor daryosi qirğoqlarida yaşovçi 112 ming kişi öz uylaridan ayrilgan.

«Tepaliklarga qoçayotganlarning hatto yeguligi ham yöq, ular hamma narsalarini taşlab ketmoqda», — deydi Yordam va reabilitatsiya xizmati direktori Jozef Nyao. Uning qöşimça qilişiça, hukumat suv toşqinlari xavf tuğdirayotgan insonlarni «xavfsizlik nuqtai nazaridan mahalliy hokimiyatlar tomonidan belgilab berilgan tepaliklarga çiqişga» çaqirmoqda.

BMT taşkiloti yomğirlar boşlanişi bilan gumanitar yordamni yetkazişning imkoniyati bölmayotgan 15 ta asosiy yönalişni ma’lum qildi — uşbu hududlarda tahminan 500 ming fuqaro istiqomat qiladi.

Bularning barçasi Janubiy Sudanning qöşni davlat bilan 18 oydan beri davom etayotgan uruşi oqibatlari fonida sodir bölmoqda. Ötgan yilning aprelidan beri Janubiy Sudanda yarim milliondan ortiq qoçoqlar qayd etilgan.