Xitoylik politsiyaçi öğlini yöqotgan va kognitiv nuqsoni bor ayolga 10 yildan beri ğamxörlik qilmoqda. U ayolni ona deb ataydi va muntazam ravişda bayramlar bilan qutlab, oilani ziyorat qilib turadi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Şansi provinsiyasida yaşovçi Sya Çjanghay va uning rafiqasi Lyan Tsyaotsinning öğli 2003 yilda vafot etgan. Uşbu fojiadan söng ayol falajlanib, xotirasi bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan. Turmuş örtoği uni ranjitmaslik uçun öğlining tirikligini, boşqa şaharda işlayotganini aytgan.

Kunlarning birida Sya Çjanghay telekörsatuvda Tszyan Tszinvey ismli Şanhay politsiyasi xodimini körib qoldi. 2013 yil oxirida u politsiyaçi bilan realiti-şou orqali boğlanib, uçraşişni söradi, erkak rozi böldi. Şunda politsiyaçi birinçi marta Lyan Tsyaosinga özini uning öğli deb taniştirdi, ayol unga işondi.

2016 yilda politsiyaçi juftlikni Şanhayga taklif etdi, 2018 yilda esa özi ularnikiga Yangi yilni nişonlaş uçun keldi. Politsiyaçi ular bilan tez-tez videoa qönğiroq orqali gaplaşib turadi. Bir kuni suhbat paytida ayol “öğli”ning soçiga oq oralayotganini payqab, şunday dedi: “Öğlim, sen qarib boryapsan”.