Britaniya Milliy soğliqni saqlaş va tibbiy yordamni takomillaştiriş instituti (NICE) sun’iy intellekt rentgen tasvirlarini tahlil qilişda şifokorlar tomonidan közdan qoçirilgan siniqlarni kamaytirişga yordam berişi mumkinligini ma’lum qildi.
Tadqiqotlarga köra, mazkur texnologiya xavfsiz va taşxis qöyiş jarayonini tezlaştirişi mumkin, şu bilan birga u şifokorlarga tuşadigan bosimni qisqartirişga xizmat qiladi. Angliya tez yordam xizmatiga sun’iy intellektga asoslangan törtta vositadan foydalaniş tavsiya etiladi.
Bunda sun’iy intellektning özi yolğiz işlamaydi — har bir tasvir tibbiyot xodimi tomonidan qayta körib çiqiladi.
NICE’ning qayd etişiça, suyak sinişi bilan boğliq 3-10 foiz holatlarda taşxis töğri qöyilmaydi — bu tez yordam bölimlarida eng köp uçraydigan xatolik. Har kuni minglab rentgen tasvirlarini tahlil qiladigan malakali mutaxassislar esa Milliy soğliqni saqlaş tizimiga yetişmaydi — mamlakatdagi rentgenolog vakansiyalarining 12,5 foizi böş.
«Sun’iy intellektning mazkur texnologiyalaridan foydalaniş xavfsiz va inson közdan qoçirgan siniqlarni aniqlaşga qodir», — deydi NICE’ning soğliqni saqlaş sohasidagi texnologiyalari böyiça direktori Mark Çepmen. Uning ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt, şuningdek, taşxis qöyişni tezlaştirişi va şifokor qabuliga qayta taşriflar sonini qisqartirişga xizmati qilişi mumkin.
Avvalroq AQŞ tez orada Xitoydagi sun’iy intellekt texnologiyalariga investitsiya kiritişni çeklaşi töğrisida xabar berilgandi. Hozirda Xitoydagi sun’iy intellekt, yarimötkazgiçlar va mikroelektronika texnologiyalari sohasiga kiritiladigan investitsiyalarni tartibga soladigan yakuniy qoidalar tegişli idoralar tomonidan körib çiqilmoqda.

















