Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
Turkiya prezidenti BRIKS sammiti ishtirokchilarini qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ham ishtirok etmagani aytildi.

Foto: Report.az
Anqara yaqinidagi Turkish Aerospace (TUSAŞ) aerokosmik kompaniyasi shtab-kvartirasiga uyushtirilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi. Bu haqda Turkiya IIV rahbari Ali Yerliqoyaga tayanib, Haber Global nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida yaralanganlar soni 22 kishini tashkil etmoqda. A Haber telekanalining ma’lum qilishicha (https://report.az/ru/v-regione/smi-erdogan-preryvaet-vizit-v-kazan-iz-za-terakta/), Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qozonda o‘tkazilayotgan BRIKS sammitidagi ishtirokini yakunlab, 24 oktyabr tongida mamlakatga qaytadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya prezidentining 24 oktyabr kuniga ham qator uchrashuvi rejalashtirilgan, ammo Anqaradagi terakt tufayli u Qozonni ertaroq tark etadi.
TRT telekanalining ma’lum qilishicha, Erdo‘g‘an sammit ishtirokchilarini qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etmagan.
23 oktabr kuni Anqaradagi TUSAŞ — harbiy samolyotlar va kosmik qurilmalar ishlab chiqaruvchi turk korporatsiyasining ishlab chiqarish obektida terakt sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda bino ichkarisi va tashqarisidagi kuzatuv kameralari orqali olingan kadrlar namoyish etilgan, ularda hujum qilganlarning yuzi ko‘rinib qolgan. Mahalliy nashrlarda zavod xodimlari garovga olingani haqida ham xabar tarqaldi, ammo bu ma’lumot o‘z isbotini topmadi.
Oradan ko‘p o‘tmay Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya hujum qilganlardan ikki nafari – bir erkak va bir ayol o‘ldirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaralanganlardan uch nafari og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj
O‘zbekiston | 12:36
-
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi
Jahon | 12:20
-
Toshkentda L9 haydovchisi tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi. Faollar unga ko‘rilgan chorani yengil deb baholashmoqda
O‘zbekiston | 12:16
-
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

12:20
Rossiyada Bryansk va Kurskda ko‘priklar qulashi terakt deb tan olindi

20:11 / 31.05.2025
Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirmoqda

16:38 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi

11:00 / 27.05.2025