Senatning ellik töqqizinçi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 206 va 248-moddalariga özgartirişlar va qöşimça kiritiş haqida”gi qonun körib çiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Senat.uz

Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda mamlakatda ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi şaxslar örtasida keng qamrovli profilaktika çora-tadbirlari amalga oşirilişiga qaramasdan ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ortib boryapti. Bu esa mazkur yönalişdagi huquqiy ta’sir çoralarining qayta körib çiqilişini talab etmoqda.

2023 yilda ma’muriy nazorat qonuni ta’siri ostiga tuşuvçi 5 529 nafar şaxsga nisbatan ma’muriy nazorat örnatilgan. 2024 yilning 9 oyida 5 689 nafarni taşkil etgan va bu toifadagi şaxslar 160 nafarga ortgan.

Bundan taşqari, 2023 yilda 83 763 nafar şaxs içki işlar organlarining probatsiya nazoratida turgan bölsa, 2024 yilning 9 oyida bu körsatkiç 86 226 nafarni taşkil etgan. Ya’ni joriy yilda bunday şaxslar 2 463 taga köpaygan.

2023 yilda ma’muriy nazoratda turgan 4 167 nafar şaxs sudlar tomonidan örnatilgan taqiq (çeklov)larga rioya qilmaganligi uçun ularga birinçi marotaba ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan. 2024 yilning 9 oyida 3 153 nafar şaxsga ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Aynan şu toifadagi şaxslar sudlar tomonidan belgilangan taqiq (çeklov)larga bir neça bor rioya qilmaganligi uçun 2023 yilda 717 nafar va 2024 yilning 9 oyida esa 637 nafar şaxs Jinoyat kodeksining 226-moddasi (Ma’muriy nazorat qoidalarini buziş) böyiça javobgarlikka tortilgan.

Qayd qilinişiça, bugungi kunda sud tomonidan belgilangan çeklovlar va majburiyatlarga rioya etmayotgan probatsiya nazoratidagi şaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilayotgani tufayli, şu jumladan oğir yoki öta oğir jinoyatlarning oldini oliş böyiça tezkor hamda ta’sirçan çoralar körilişini ta’minlaş maqsadida içki işlar organlari probatsiya bölinmalari xodimlariga qöşimça vakolatlarni beriş zarurati yuzaga kelmoqda. Şu bois Içki işlar vazirligi tomonidan nazorat ostida turgan maxsus toifa şaxslar örtasida qonun ustuvorligini ta’minlaş, ularda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmuş qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini şakllantiriş maqsadida qonun loyihasi işlab çiqilgan.