Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Navoiyda bulutsimon tuman hodisasi kuzatildi
Langar tog‘li hududlarida qor yog‘ib o‘tdi. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ham qor yog‘gan.
Foto: O‘zgidromet
Navoiy viloyati Xatirchi tumani Langar tog‘li hududlarida kecha tunda qor yog‘ib o‘tdi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun, 28 oktyabr kuni erta tongdan bulutsimon tuman hodisasi kuzatilgan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qor ko‘chki stansiyasida qor yog‘ib o‘tdi.

8:00 holatiga ko‘ra havo harorati 0,3 daraja sovuqni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +8...+13 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +10...+12 daraja bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +0...+5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:34 / 04.03.2026