Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akram Afif - Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi!
Bugun, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seulda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
OFK tomonidan yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida tadbirning asosiy sovrini – yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini Qatar milliy jamoasi hamda «As-Sadd» klubi vingeri Akram Afifga topshirildi. U yil boshida o‘z mamlakatida o‘tgan Osiyo kubogida milliy jamoasi bilan zafar quchib, qit’ada tengsiz bo‘lgandi.
Afif Osiyo kubogi-2023da 7 o‘yinda 8ta gol va 3ta assist qayd etgandi. Shuningdek, JCh-2026 saralashida 8 uchrashuvda 3ta golga mualliflik qildi. Bu mavsumda esa klubi safida Qatar chempionatida 8 o‘yinda 3ta gol qayd etgan bo‘lsa, OChLda 3 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.
Afif «Osiyoning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida Janubiy Koreya milliy jamoasi a’zosi Sol Yong Vu va Iordaniya milliy jamoasi forvardi Yazdon An-Naymatni ortda qoldirishga erishdi.
Mavzuga oid
21:37 / 15.04.2026
OFK yangi mavsumdan Chempionlar Ligasi ishtirokchilari sonini oshirmoqchi
18:59 / 21.03.2026
Osiyo Kubogi-2031 ko‘chirildi – O‘zbekiston uni o‘tkazishga da’vogar edi
20:26 / 21.12.2025
Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Millatlar Ligasi musobaqasini joriy etadi
11:54 / 07.10.2025