Yevropa komissiyasi YeIga a’zo davlatlar fuqarolariga kiberhujum va qöporuvçilik holatlari kabi favqulodda vaziyatlar uçun uç sutkaga yetadigan zaruriy narsalarni ğamlab qöyişni tavsiya qildi. Bu haqda regulyatorning fuqarolik himoyasi va harbiy xavfsizlikni kuçaytiriş borasidagi hisobotida söz boradi.

Hisobot mualliflari mazkur qöllanmalarni fuqarolar öz iste’moliga zarur böladigan buyumlarni tayyorlaşi, şuningdek, kimyoviy, biologik yoki yadroviy avariyalar vaqtida xavfsizligini ta’minlaşi uçun tavsiya qilmoqda. «Birgina tugma binoni elektr tarmoğidan uzib qöyib, butun şaharni zulmatda qoldirişi mumkin», — deydi YeK raisi Ursula fon der Lyayyen.

Yevrokomissiya, şuningdek, aholini zaruriy çora-tadbirlardan xabardor qilib boriş maqsadida inqirozli vaziyatlarga tayyorgarlik köriş böyiça «Yevropa kuni»ni joriy etişni qöllab-quvvatlamoqda. Hisobot mualliflari Rossiya tomonidagi gibrid hujumlar va Yevropa Ittifoqidagi vaziyatni beqarorlaştirişga urinişlarga qarşi YeI tomonidan yetarliça işlar olib borilmayapti, degan xulosaga kelgan.

Ekspertlarning hisoblaşiça, milliy maxsus xizmatlar hamda YeI razvedka markazlari örtasida samarali aloqani ta’minlaydigan diversiyaga qarşi optimal tarmoqni yaratiş kerak. Ularning sözlariga köra, terrorizm, josuslik va qöporuvçilikka qarşi kuraş uçun maxfiy ma’lumotlardan foydalaniş imkonini beradigan huquqiy çegaralarni yaratiş lozim.

Hisobotda, bundan taşqari, mudofaa mahsulotlari uçun yagona Yevropa bozorini yaratiş tavsiya qilingan — bu qurol-yaroğ hamda harbiy texnikalar xarididagi tösiqlarni olib taşlaşga xizmat qiladi.