Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktor Orban «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan mukofotlandi
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan taqdirlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Orbanga turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun ushbu mukofot topshirilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bugun “Turkiy dunyo oliy ordeni” bilan mukofotlangan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni tabrikladi.
Avvalroq Bishkek shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Mavzuga oid
22:47 / 14.04.2026
Orban yutqazdi. Tramp, Putin va Netanyahuning qo‘lloviga qaramay
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
21:14 / 13.04.2026
Peter Mojar kim va undan nima kutish kerak?
19:25 / 13.04.2026