Azizlar, dunyo siyosatida tarixiy voqea sodir böldi. Viktor Orban Rossiya, Amerika va Isroil qölloviga ega bölaturib saylovni yutqazgan ilk siyosatçiga aylandi.

AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens amerikalik soliq tölovçilar puliga sotib olingan bir neçta samolyotni ovora qilib saylov arafasida Vengriyaga bordi. «Biz Viktor Orban va uning partiyasini qöllaymiz», dedi. Tramp «Orbanni yaxşi körişini» aytdi. Amerika qaysidir nomzodni saylovda bunaqa darajada qöllaşi yangilik.

Vaşington kimnidir saylov oldidan qöllab çiqdimi, demak mamlakat siyosatçilari, razvedkasi, xullas holatdan xabardor çinovniklar saylovda öşa tomon ğalaba qozonadi deb xulosa bergan böladi. Amerikaday davlatlar heç qaçon mağlublarni qöllamaydi. Lekin mojarlar Tramp qöllagan Orbanning partiyasiga emas, Peter Madyar boşçilik muxolif partiyaga ovoz berişdi. Mağlubni qöllagan Jyey Di Vens va Donald Trampga qanday ta’rif berişni özingizga havola qilamiz.

Uruş boşlangaç Vengriya Rossiyaning Yevropadagi eng asosiy ittifoqçisiga aylandi. Rossiyaga qarşi sanksiyalar, Ukrainaga yordam paketlarini aynan ular tösib keldi. Orban Yevropa minbarlarida oçiqçasiga Rossiya manfaati uçun harakat qildi. Hatto ittifoqdagilar Orban bor majlislarda bemalol gaplaşa olişmagan, çunki uning odamlari tafsilotlarni oqizmay-tomizmay Rossiyaga yetkazib turgan.

Yaqinda tarqalib ketgan Peter Siyyarto va Sergey Lavrov örtasidagi telefon suhbati köp narsadan darak beradi. Aytgança, katta ehtimol yevropaliklar öşa ikki yil oldingi suhbatni bejizga saylov arafasida sizdirişmadi. Közingiz tuşgan bölsa kerak, mojarlar Orban partiyasi saylovda yengilganidan keyin köçalarda «ruszkik haza» deb baqirib yurişdi. Mojarçada bu «ruslar, uyingizga» degani. 1956 yil Vengriyada sodir bölgan tarixiy inqilobning şiori aynan şunday bölgan. Bu anti Rossiyaça şior emas, revolyutsiya vaqti sovet hukumatiga, hozir esa Putin hukumatining Vengriyaga ta’siriga qarşi aytilgan şior. Viktor Orban mağlubiyatining asosiy sababi aynan uning Rossiya bilan favqulodda iliq munosabatlari böldi.

Endi Isroil qöllovi haqida. Albatta, Isroil saylov oldidan Orbanni qöllab, hukumat a’zolaridan heç kimni Budapeştga yuborgani yöq (baribir yahudiylarning razvedkasi yaxşi işlaydi). Biroq Orban Netanyahu bilan juda iliq munosabatda bölgani bor gap. Vengriya boş vaziri aynan Netanyahuni hibsga olişga order berganidan keyin Xalqaro jinoyat sudi talablarini bajarişni majburlovçi Rim statutidan çiqib ketgandi. Çunki bu kelişuvga rozi bölgan davlatlar Netanyahuni uruş jinoyatida aybdor sifatida hibsga olişi kerak edi. Orban buni ahmoqlik deb atagan, uning taklifi bilan Netanyahu Budapeştga borgandi. Saylovdan keyin ham Netanyahu Orbanni «Isroilning haqiqiy dösti» deb atadi.