Öğirlangan telefonlarni bilmasdan sotib olişdan saqlaniş uçun qozoğistonliklarga özlari smartfon IMEI-kodini imei.rfs.gov.kz saytida mustaqil ravişda oldindan tekşiriş tavsiya etiladi. Raqamli rivojlantiriş vazirligining eslatişiça, «Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga köra, mobil telefonlar qaytarib berilmaydi yoki almaştirilmaydi.

Yangi qoidalar xufyona bozoriga qarşi kuraşiş, iste’molçilarni himoya qiliş, biznes uçun şaffof şaroit yaratiş va mobil qurilmalardan foydalaniş xavfsizligini oşirişga qaratilgan. Raqamli rivojlantiriş vazirligi aholini yangi qoidalar joriy etilişi haqida xabardor qilib borişini va’da qilmoqda.

Vazirlik mobil aloqa qurilmalarining «kir» versiyalarini tozalaşni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi Orda.kz. Tegişli özgartişlar mobil aloqa abonent qurilmalarini röyxatdan ötkaziş qoidalari haqidagi buyruqqa kiritilmoqda.

«Mobil aloqa abonent qurilmalariga mobil aloqa xizmatlarini körsatiş taqiqlangan reyestr («qora röyxat») — mazkur qoidalarga muvofiq mobil aloqa abonent qurilmalari identifikatsiya kodlari ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan mobil aloqa abonent qurilmalari röyxatidan iborat böladi», — deyiladi vazirlik hujjatida.

Endilikda Qozoğistonda barça mobil telefonlar uçta toifaga ajratiladi:

  • oq röyxat — rasman röyxatdan ötgan va mobil aloqa tarmoqlarida işlaşga ruxsat etilgan qurilmalar;
  • kulrang röyxat — ma’lumotlari hali tasdiqlanmagan qurilmalar. Ular vaqtinça aloqa xizmatlaridan foydalanişi mumkin, ammo 30 kun içida tekşiruvdan ötişi kerak;
  • qora röyxat — mobil aloqa xizmatlari taqiqlanadigan qurilmalar.

Qora röyxatga IMEI-kodi notöğri yoki özgartirilgan, zavod identifikatorisiz telefonlar, şuningdek, GSMA (Global tizim assotsiatsiyasi)da yöqolgan yoki öğirlangan deb röyxatga olingan gadjetlar tuşadi. Bundan taşqari, Qozoğistonga rasmiy bojxona rasmiylaştiruvisiz olib kirilgan telefonlar ham uşbu röyxatga kiritiladi.

Şuningdek, endilikda qurilmani röyxatdan ötkaziş paytida ma’lumotlar bazasi operatori uning IMEI-kodini, egasining şaxsiy identifikatsiya raqamini (JŞŞIR) va unga boğlangan raqamlarni tekşiradi. Agar qurilma tekşiruvdan ötmasa, bir neça soat içida u «qora röyxat»dan joy oladi va mobil operator bu haqda foydalanuvçiga xabar beradi.

Mobil aloqa operatori qurilma egasiga unga mobil aloqa xizmatlarini körsatiş taqiqlanganini bildirişi kerak.

IMEI-kod böyiça ma’lumot topilmagan va uning qonuniyligini tekşiriş imkoni bölmagan hollarda istisno qilinadi. Bunday hollarda operator qurilma ma’lumotlarini «kulrang röyxat»ga kiritadi va 30 kun mobaynida vaqtinça aloqa xizmatlarini taqdim etadi.