Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2025 yil yozida «Toshkent-Baliqchi (Ribache)» yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu Issiqko‘l yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish imkonini beradi.

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
O‘zbekiston va Qirg‘iziston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temiryo‘l transporti bo‘yicha kengashning 81-yig‘ilishi doirasida «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va «Qirg‘iz temiryo‘li» davlat korxonasi rahbari A.Sakiyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda «Temiryo‘lkargo» AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi obektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida «Toshkent-Baliqchi (Ribache)» yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi hamda Issiqko‘l yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston temiryo‘l xodimlarini «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Jahon | 17:11
-
Eron tashqi ishlar vaziri Putin bilan uchrashadi
Jahon | 16:40
-
🔴 LIVE: AQSh urushga qo‘shildi, Eronning javobi qanday bo‘ladi?
Jahon | 16:30
-
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev
Jahon | 16:11
Mavzuga oid

21:42 / 18.06.2025
Qo‘shmachi “provodnik”: poyezd kupesi ishratxonaga aylantirilgani aniqlandi

09:53 / 17.06.2025
O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

12:53 / 12.06.2025