6 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahridagi klinikada 28 yoşli ayol vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsiddinov Kun.uz’ga ma’lum qildi. Unga köra, Şahrisabz tumani “Xontepa” MFYda yaşagan, 1996 yilda tuğilgan B.N. tomoği şişgani (angina) sabab xususiy poliklinikaga borgan. Klinikaning lor şifokori I.J. ayolning tomoğiga “tseftriakson” va “deksametazon” dori vositalari aralaşmasidan inʼeksiya yuborgan. Şundan keyin bemorning tili tortilib ketgan. Körsatilgan yordamga qaramasdan bemorning soğliği yomonlaşib, hodisa joyida vafot etgan. Voqea sodir bölgan joyga Şahrisabz şahar prokuraturasi tergovçisi rahbarligida tergov tezkor guruhi çiqib, hodisa joyi közdan keçirilgan. Şahrisabz şahar prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Oldinroq, dunyoda antibiotiklarga çidamlilik ortib borayotgani va bu 2050 yilgaça har yili 10 million odamning ölimiga sabab bölişi haqida ma’lum qilingan edi.
Kun.uz oldinroq Özbekistonda ham antibiotikka örganib qolganlar köpligi va nega rivojlangan mamlakatlarda antibiotik sotiş, sotib oliş ustidan kuçli nazorat örnatilgani mavzusini örgangandi.













