Xitoylik planetologlar «Çjunjun» marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bölganini tasdiqlovçi asosli dalillar topganini ma’lum qildi. Uşbu topilma Qizil sayyorada oldin suv bölganini körsatuvçi dalillarga qöşimça böldi.
Marsoxod sayyoradagi «Utopiya» tekisliklariga 2021 yilda qöngan va keyingi yilning mayidan boşlab işga tuşgandi. Köp ötmay apparat Marsdagi qiş mavsumida gibernatsiya rejimiga ötgandi. Yangi mavsum boşlanişi bilan «Çjunjun» kutilmaganda işlamay qoldi. Missiya muhandislari apparatning quyoş panellari qum bilan qoplangani va bu ularning quvvatlanişiga xalaqit bergan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Tadqiqotçilar marsoxodning bir yillik faoliyati davomida olingan ma’lumotlarni örganişda davom etmoqda. Ma’lumotlar tahlili qariyb 3,5 milliard yil oldin Marsning şimoliy yarimşarini katta qismi ulkan dengiz bilan qoplanganini taxmin qiliş imkonini bermoqda. Olimlar «Çjunjun» qöngan «Utopiya» tekisligi yuzasini örganiş asosida şunday xulosaga kelgan.
Xususan, tadqiqotçilar çuqursimon konuslarga duç kelgan, aftidan ular loy vulqonlari natijasida şakllangan. Bu sayyora yuzasidan suv bölganini bildiradi. Bundan taşqari, marsoxod çökindilarga xos bölgan qatlamli tuzilmalarni ham topgan.
Olimlar Marsning qadimiy okeani tarixini taxminan qayta tiklab kördi. Ularning baholaşiça, «Utopiya» tekisliklari 3,68 milliard yil oldin suv ostida bölgan. Oxirgi 230 million yilda okean yuzasi sekin-asta muzlagan va suvlar qurib ketgan.

















