AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp sobiq mustaqil nomzod kiçik Robert Kennedini soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar (HHS) vaziri lavozimiga nomzod qilib körsatdi. Tramp 14 noyabr, payşanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida tegişli xabar qoldirdi.
«Uzoq vaqt davomida amerikaliklar oziq-ovqat sanoati va farmatsevtika kompaniyalari tomonidan oğir vaziyatga duçor bölib kelgan, ular jamoat salomatligi haqida gap ketganda aldaş, çalğitiş va notöğri ma’lumot berişadi», deb yozgan Tramp.
«Barça amerikaliklarning xavfsizligi va salomatligi har qanday ma’muriyatning eng muhim ustuvor yönalişidir va HHS barçani zararli kimyoviy moddalar, ifloslantiruvçi moddalar, pestitsidlar, farmatsevtika preparatlari va oziq-ovqat qöşimçalaridan himoya qilişda katta rol öynaydi», deya qöşimça qildi u.
«Kennedi bu idoralarni ilmiy tadqiqotlar oltin standarti an’analariga va surunkali kasalliklar epidemiyasini tugatiş hamda Amerikani yana buyuk va soğlom qiliş uçun şaffoflik mayoqlariga qaytaradi!» — dedi respublikaçi.
Mask va kiçik Kennedi hukumat tarkibiga kiradimi?
Saylovoldi kampaniyasida Trampni faol qöllab-quvvatlagan milliarder Ilon Mask saylov natijalari e’lon qilingandan söng Oval kabinetda aks etgan özining fotokollajini e’lon qildi – aftidan, u endi AQŞ siyosatida muhim rol öynaşiga şama qilgan. 20 avgust kuni Tramp «agar rozi bölsa, ajoyib yigit» Maskka öz ma’muriyatida lavozim taklif qilişga tayyorligini aytdi. X ijtimoiy tarmoği egasi bunga javoban «xizmat körsatişga tayyor» ekanligini yozdi va «Hukumat samaradorligi departamenti» yozuvi bilan podium ortida turgani tasvirlangan neyron tarmoği tomonidan yaratilgan suratni ilova qildi.
The Hill ehtiyotkorlik bilan «Maskning pozitsiyasi qanday bölişi hali aniq emas», deb yozdi, ammo, aftidan, Tramp immigratsiya, elektromobillar va hukumat tomonidan tartibga soliş kabi masalalarda «uni tinglaydi». The New York Times gazetasining xabar berişiça, Mask allaqaçon SpaceX xodimlarini davlat lavozimlariga tavsiya qilgan.
Amerika matbuoti hukumat lavozimlariga boşqa nomzodlarni ham keltirdi. Xususan, bu AQŞ prezidentligiga mustaqil nomzod bölgan va avgust oyida Tramp foydasiga nomzodini qaytib olgan kiçik Robert Kennedi. Tramp kiçik Kennediga öz ma’muriyatida «soğliqni saqlaş, oziq-ovqat va ayollar salomatligi» bilan boğliq mas’uliyatli lavozimni işonib topşirişni xohlaşini aytdi. The Hill naşrining yozişiça, bu vazirlik portfeli bölişi dargumon — sobiq demokrat nomzodi respublikaçilar köpçilik bölsa ham, Senat tomonidan ma’qullanmasligi ehtimolga yaqin.













