O‘zbekiston | 11:31 / 16.11.2024
3956
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Flyadeal Jidda-Toshkent-Jidda, Madina-Toshkent-Madina va Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishlarida muntazam qatnaydi.

Foto: Flyadeal

“O‘zaviatsiya” agentligi Flyadeal aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi

Agentlik xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan berildi. Parvozlar A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya Jidda—Toshkent—Jidda, Madina—Toshkent—Madina va Jidda—Namangan—Jidda yo‘nalishlarida muntazam qatnaydi.

Mavzuga oid