Xitoy şarqidagi Isin şahri universiteti kampusiga uyuştirilgan hujumda 8 kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi, deb xabar berdi CNN mahalliy politsiya bayonotiga tayanib.
Hujum qilgan sobiq talaba bölib, yaqinda imtihondan öta olmagani ta’kidlanmoqda. Politsiya uni hibsga olgan.
Bu Xitoyda sönggi oylardagi birinçi piçoqli hujum emas. Oktyabr oyida 50 yoşli erkak Pekindagi boşlanğiç maktab yaqinida xuddi şunday hujumni amalga oşirib, 5 kişini, jumladan, uç bolani yaralagan edi. Sentyabr oyida piçoq bilan qurollangan şaxs Şanxay çekkasidagi supermarketda xaridorlarga hujum qilib, uç kişini öldirgan va 15 kişini jarohatlagan edi.

















