SpaceX kompaniyasi 19 noyabr kuni keçqurun kosmik kema prototipiga ega Starship raketa taşuvçisining oltinçi marotaba sinov parvozini amalga oşirdi.

Raketa Texasdagi Boka-Çika kosmodromidan start olgan. Köp martalik tezlaştirgiç oldingi sinovlardagi kabi start maydonçasiga qaytişi kerak edi, ammo noma’lum sabablarga köra u uçirilganidan bir neça daqiqa ötib Meksika böğoziga kelib qöndi. Raketaning yuqori poğonasi öz missiyasini muvaffaqiyatli bajardi va uçirilganidan 1 soat 5 daqiqa ötib, Hind okeani suvlariga qöndi.

Parvozni bu safar kompaniya asosçisi Ilon Mask bilan birga AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ham kuzatib bordi. Avvalroq u «Yerdan ajralgan eng katta obekt»ning uçirilişini tomoşa qiliş uçun «buyuk Texas ştati»ga yöl olgani haqida yozgandi. CBS News’ning eslatişiça, Tramp özining saylovoldi kampaniyasi vaqtida Maskni yangi muddatining oxiriga qadar «uşbu raketalarni Marsga uçirişga» çaqirgan.

Starship loyihasi ommaga 2019 yilda namoyiş etilgan. Starship hozirgaça qurilgan eng qudratli va eng baland kosmik kema bölib, 150 tonnagaça yukni kötarişga qodir. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi. Starship Yer orbitasidan taşqariga, Oy va Marsga uçiş uçun möljallangan.

Bunga qadar Starship beş marotaba uçirilgan, ammo sinovlarning faqat ikkitasi — 2024 yil mart, iyun va oktyabrdagisi muvaffaqiyatli yakunlangan.