Finnair aviakompaniyasi uçuvçilarning iş taşlaşlari tufayli 9 va 13 dekabr kunlari 300 ga yaqin reysini bekor qiladi. Aviataşuvçi e’lon qilgan press-relizga köra, bu 33 mingga yaqin mijozga ta’sir körsatadi.

«Finlandiya Uçuvçilar kasaba uyuşmasi muzokaralar örniga iş taşlaş e’lon qilgani ranjitmoqda. Afsuski, bu Rojdestvo mavsumida minglab mijozlarimizning safarlar rejasini buzib yuboradi. Uşbu murakkab vaziyatda mijozlarimizga yaxşi xizmat körsatiş uçun barça imkoniyatlarimizni işga solmoqdamiz va imkon qadar köproq yölovçilarga muqobil reyslarni taklif qilamiz», — deydi Finnair boş operatsion direktori Yaakko Şildt.

Ta’kidlanişiça, Finnair 9 dekabr kungi 140 ga yaqin, şuningdek, 13 dekabrdagi qariyb 150 ta reysini bekor qiladi.

Ma’lumotlarga köra, iş taşlaşlar 30 sentabr kuni kasaba uyuşmalari va aviataşuvçi örtasidagi kollektiv mehnat şartnomasi muddati tugagani bilan boğliq. Yangi şartnoma böyiça muzokaralar uç oydan beri davom etmoqda, ammo hozirça yakuniy natijaga erişilmagan. Ayni vaqtda ular orasida milliy vositasi ham qöşilgan.

Finnair — 1923 yili Finlandiyada asos solingan aviakompaniya bölib, uning asosiy aksiyalar paketi davlatga tegişli. U Osiyo, Yevropa, Şimoliy Amerika böylab 80 ta yönalişda parvozlarni amalga oşiradi. Aviaparkida 70 ga yaqin Airbus, jumladan, bir neçta yangi A350s samolyotlari bor. 2023 yil yakunlariga köra, aviakompaniya 11 million yölovçiga xizmat körsatgan.