Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Amerikaning yirik telekommunikatsiya kompaniyalari Oq uyda AQSh milliy xavfsizlik organlari vakillari bilan Xitoyning kiberhujumlariga oid masalani muhokama qildi.

Foto: Kiichiro Sato/AP/File
Amerikaning yirik telekommunikatsiya kompaniyalari Oq uyda AQSh milliy xavfsizlik organlari vakillari bilan uchrashib, Xitoy tomonidan uyushtirilayotgan kiberjosuslik masalalarini muhokama qildi. CNN telekanaliga ko‘ra, AQShdagi qariyb 150 ga yaqin yuqori martabali amaldor va siyosatchi hakerlar hujumiga uchragan.
Oq uy vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi uchrashuvlar Vashingtonga kiberhujumlardan himoyani qanday qilib kuchaytirishi to‘g‘risida maslahatlar berish uchun kerak. Bundan tashqari, uchrashuv doirasida razvedka ma’lumotlari bilan ham o‘zaro almashilinadi.
Senator Mark Uorner buni «mamlakat tarixida telekommunikatsiyaga uyushtirilgan eng yomon hujum» deb atadi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda hujum ko‘lami va uning milliy xavfsizlikka ta’siri o‘rganilmoqda. Ammo FQB kiberhujumga 150 dan ortiq amaldor uchraganini ma’lum qildi, ularning aksariyati Vashingtonda. Ta’kidlanishicha, kiberhujumga uchraganlarning barchasi qo‘ng‘iroqdan foydalangani va matnli xabarlar yuborgani bois xitoylik hakerlar ancha ko‘p insonlarning ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Xitoy AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, vitse-prezidenti Jyey Di Vens, shuningdek, Trampning kuyovi Jared Kushner hamda uning o‘g‘li Erkining telefon suhbatlarini tinglashga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xitoy kiberhujumlar va josuslik borasidagi ayblovlarni rad etgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich
O‘zbekiston | 19:00
-
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi
O‘zbekiston | 18:57
-
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi
Jahon | 18:55
-
Belgiya do‘konlarida tamaki mahsulotlarini ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘yish taqiqlandi
Jahon | 18:44
Mavzuga oid

17:28
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

23:16 / 01.04.2025
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi

18:53 / 01.04.2025
Temu O‘zbekistonda ishlashi uchun 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak - Soliq qo‘mitasi

17:41 / 01.04.2025