Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Harbiylarning ta’kidlashicha, dronlar dushmanga tegishli ekani hali aniqlanmagan. Dronlarning o‘lchamlari har xil va ularning mavjudligi baza aholisiga yoki muhim infratuzilmaga ta’sir qilmadi.

Foto: Pavel Lisitsyn /RIA Novosti
Buyuk Britaniyada bir nechta noma’lum dronlarning uchta harbiy baza ustidan uchib o‘tgani qayd etildi, deb xabar berdi The Guardian gazetasi 23 noyabr, shanba kuni kechqurun AQSh harbiy-havo kuchlari vakillariga tayanib.
Hisobotga ko‘ra, dronlar 20—22 noyabr kunlari Saffolk grafligidagi Leykenxit va Mildenxoll HHK bazalari, shuningdek, Norfolkdagi Feltuell bazasi uzra payqalgan. AQSh HHK rasmiylarining aytishicha, dronlarni dushmanga tegishli deb hisoblash mumkinmi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Dronlar muhim infratuzilmaga ta’sir qilmadi
AQSh HHKning Yevropadagi vakili so‘zlariga ko‘ra, UUA o‘lchamlari va konfiguratsiyasi jihatidan farq qiladi va ularning mavjudligi baza aholisiga yoki muhim infratuzilmaga ta’sir qilmagan. Harbiylar havo hududini kuzatishda davom etmoqda va xavfsizlikni ta’minlash uchun Buyuk Britaniya rasmiylari bilan hamkorlik qilmoqda. Britaniya Mudofaa vazirligi har qanday tahdid jiddiy qabul qilinib, mudofaa inshootlarida zarur xavfsizlik choralari ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi.
Avgust oyida Rossiya Germaniyaning Gaylenkirxen shahridagi NATO havo bazasida dronlar yordamida diversiya uyushtirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. U yerda uzoq masofali radarlar va sensorlar bilan jihozlangan 14 ta Boeing E-3A Airborne Warning & Control System (AWACS) samolyoti mavjud. Ular uzoq masofalarda havo va suvusti nishonlarini aniqlashga qodir.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

01:39
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

13:29 / 10.05.2025
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi

11:45 / 10.05.2025
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi

08:10 / 10.05.2025